“Mohir romannavis ijodkor” mavzusida ko‘rgazma tashkil qilindi

3-may - shoir,yozuvchi,O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Mirmuhsin Mirsaidov tavalludining 105 yilligi.Ushbu sana munosabati bilan To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazida yozuvchi asarlari asosida “Mohir romannavis ijodkor” mavzusida ko‘rgazma tashkil qilindi.Kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlar qiziqishi asosida bibliograf S.Karimova ko'rgazmadan joy olgan yozuvchi qalamiga mansub "Bir ona qismati","Chotqol bo'risi", "Xo'jand qal'asi" hamda "Temur Malik" kabi bir nechta asarlariga bibliografik sharh berib bordi.