"Gender tenglik-taraqqiyot kafoloti"

Joriy yilning 25-noyabridan 10-dekabrigacha O'zbekiston Milliy kutubxonasi va uning tizimidagi axborot-kutubxona markazlari,jumladan To‘rtko‘l tuman axborot-kutubxona markazida "Xotin-qizlar huquqlari","Zo‘ravonlikka qarshi kurash" hamda "Gender tenglik-taraqqiyot kafoloti" mavzularida maxsus ko‘rgazmalar burchagi tashkil qilindi.Ushbu ko‘rgazmalarni tashkil qilishdan asosiy maqsad kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlarni mavzu asosida ma'lumotlar bilan tanishtirish hamda huquqiy bilimlarini kengaytirishdan iboratdir.