"Yaxshilarga yondashib"

Kunning 2-yarmida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 7-apreldagi "O‘zbekiston-kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida,reja asosida To‘rtko‘l tuman Axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida"Yaxshilarga yondashib" mavzusi bilan mehnat faxriysi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Bozorboy Nazarovni xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ustoz B. Nazarovning hayoti va ijodi haqida qizi Osiyo Nazarovava, Qoraqalpog‘istonda xizmatko‘rsatganjurnalist Shirinoy Razzaqova, nevarasi Kamola Hayitboyeva, madaniyat xodimi Z. Allasho‘va,mehnat faxriysi G.Qazaqova shogirdi M. Bekchonova gapirib o‘tdilar. Shuningdek ustozni xotirlaydigan eksponatlar, suratlar,bukletlar, ustozning kundaligi, hali nashr qilinmagan asarlari va kitoblari joy olgan ko‘rgazma barchada yaxshi taassurot qoldirdi. Tadbirga 30- va 22-maktab oʻquvchilari bilan birgalikdʼa To‘rtko‘l ko‘p tarmoqli Politexnikuminig pedagogik jamoasi ham ishtirok etdi.