
Zulfiya nomidagi tanlovning To‘rtko‘l tuman bosqichi o‘tkazildi
✨Joriy yilning 18 oktabr kuni muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va yorqin iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, 14 yoshga to‘lgan hamda 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlar o‘rtasida Zulfiya nomidagi tanlovning To‘rtko‘l tuman bosqichi 3-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tdi.
❗️Jarayonda 24 nafar ishtirokchi ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik yo‘nalishlarida o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyish etdi. Xakamlar xayatining orasida To’rtko’l tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi M.Yusupova ham ishtirok etdi va tanlov qatnashchilarini baholashdi. Munosiblar Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyat bosqichida qatnashish uchun tavsiya etildi.
✨Tanlov yakunida ishtirokchilar tuman Oila va xotin - qizlar bo‘limining tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.