
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi Qaroriga muvofiq To'rtko'l tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan ish reja ishlab chiqildi.Shu rejaga muvofiq 22-avgust kuni kutubxona o'quv zalida bibliograf A.Akshurayeva tomonidan "Yangi O'zbekiston:kuchli iqtisodiyot va kuchli ma'naviyat" mavzusida vaqtli matbuot nashrlariga bibliografik sharh o'tkazildi