
Toʻrtkoʻl tuman Axborot kutubxona markazi oʻquv zalida Tuman madaniyat boʻlimi kutubxonachisi hamda kitobxonlari Oʻzbekiston ,Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi shoira Munavvara Yusupova bilan "Sheʼrlar olami" mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.Tadbirda kitobxonlar M Yusupovaning sheʼriyatga qanday kirib kelgani hamda ilk yozgan sheʼrlari haqida gapirib berishlarini soʻrashdi.Oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berishdi .Oʻzlari yod olgan M. Yusupova qalamiga mansub sheʼrlardan ifodali oʻqib berishdi.